Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor “Kelajak soati” rukni doirasida talabalarga ma‘ruza qildi


14-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur darsni universitet rektori v.v.b., pedagogika fanlari doktori, professor Sardor Xodjaniyazov olib bordi.

Dars davomida mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, buning natijasida xalq farovonligini yuksaltirish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Dars jarayonida talabalarga bugungi globallashuv davrida mustaqil fikrlash, ijtimoiy faollikni oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lish, shuningdek, har bir fuqarodan yuksak mas’uliyat va vatanparvarlikni talab etuvchi zamonaviy hayot mezonlari haqida muhim tushunchalar berildi.

“Kelajak soati” rukni ostida o‘tkazilayotgan bunday ma’rifat darslari talabalarning siyosiy ongi va dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, fidoyilik va ijtimoiy faollik fazilatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ulashish