Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda “TalabaEXPO–2025” kasb ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi


Bugun, 16-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik va innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish maqsadida “TalabaExpo-2025”  kasb ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi. 

Ushbu tadbir “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi. 

Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasasi talabalari va bitiruvchilari – jami 10 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ular uchun 130 dan ziyod yirik ish beruvchi tashkilotlar tomonidan 1300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovka imkoniyatlari taklif qilindi.

Dastlab tadbirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari S.Salayev, Urganch davlat universiteti rektori v.v.b S.Xodjaniyazov hamda“O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi rahbari E.Xoshimov so'zga chiqdi. 

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hamda ko‘rgazmaning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Ulashish