Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“TalabaExpo–2025” doirasida biznes marafon bo‘lib o‘tdi


16-oktyabr kuni  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbir bitiruvchi yoshlarni kasbiy yo‘nalishlash, mehnat bozoridagi real talablar bilan tanishtirish va ularga kelajakdagi faoliyat yo‘lida motivatsiya berish maqsadida o‘tkazildi.

Seminar-treningda “Kelajakka qadam” markazi bo‘limi boshlig‘i Bexruz Ostonov, “Eco Obi Hayot” MCHJ rahbari Doniyorbek Sobirov, “Dovrug‘” xususiy korxonasi rahbari Dovrug‘ Ro‘zmetov hamda “Tillo Domor” XK ish boshqaruvchisi Feruzbek Kuranbayevlar ishtirok etishdi.
Ular o‘zlarining faoliyat yo‘llari, yutuqlari, duch kelgan qiyinchiliklari va ularni qanday yenggani haqida so‘zlab berishdi. 

Tadbir davomida mehmonlar talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi. Ayniqsa, startap g‘oya bilan qanday chiqish, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi muhim bosqichlar haqida amaliy tavsiyalar berildi.

Ulashish