Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida O‘zbek tili bayrami tantanali nishonlandi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yillik shodiyonasi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova ochib berar ekan, o‘zbek tilining nufuzi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora yuksalib borayotganini ta’kidladi. U til siyosatini rivojlantirish, ona tilimizni asrab-avaylash hamda yoshlar ongida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, ona tilimizning jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnati va tilshunoslik sohasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar Xorazm viloyati hokimining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida esa viloyatimizning taniqli san’atkorlari tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Ulashish