Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O‘zbek tili – millat tafakkuri va taraqqiyot mezoni


 21-oktabr kuni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti yangi Axborot-resurs markazining konferensiyalar zalida Filologiya va sanʼat fakulteti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek tilining millat tafakkuri va davlat taraqqiyotidagi o‘rni hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman avvalida Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov hamda Filologiya va sanʼat fakulteti dekani D.G‘ayipovlar so‘zga chiqib, ona tilimizning xalq birligi va milliy tafakkurdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.

Anjumanda filologiya fanlari doktorlari, professorlar D.G‘ayipov, A.Primov, D.Yuldashev, Sh.Noroboyeva, shuningdek, filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar Sh.Aqmanova, Sh.Alimova, X.Boymurotova, shuningdek, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar D.Sultonova va M.Atabayevalar ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘zbek tilining milliy tafakkur, madaniyat, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, til siyosatining istiqbollari, shevashunoslik, leksikologiya, onomastika, lingvokulturologiya kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida atroflicha fikr bildirishdi.

Anjuman davomida o‘zbek tilining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy davrda tilni boyitish yo‘nalishlari va milliy o‘zligimizni ifodalovchi omil sifatidagi roli atroflicha yoritildi.

Bu ilmiy uchrashuv — o‘zbek tili nafaqat aloqa vositasi, balki xalq tafakkuri, ma’naviy merosi va davlat taraqqiyotining asosiy omili ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Ulashish