Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Davlat tili — millat g‘ururi!


Ayni vaqtda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umummilliy diktant marafoni bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida universitet rahbariyati, barcha fakultetlarning professor-o‘qituvchilari hamda yuzlab talaba-yoshlar yagona maqsad — ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiqorni amalda namoyon etish yo‘lida birlashdilar.

Diktant marafoni nafaqat imlo va savodxonlikni tekshirish vositasi, balki davlat tilining jamiyatdagi o‘rni, uning birlashtiruvchi va millatni yuksaltiruvchi kuchini chuqur anglashga xizmat qilmoqda.

Ulashish