Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikka bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilmoqda


Joriy yilning 24–25-oktabr kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Zamonaviy va qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlab anjumanning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z. Ibragimov ochib berdi. U o‘z nutqida anjumanning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi va anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov so‘zga chiqib, universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar haqida so'z yuritdi.

Anjuman ishining plenar qismida Urganch davlat universiteti professori A.Jumaniyozov, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa xorijiy mamlakatlarning oliy ta'lim muassasalaridan professor-o'qituvchilar Zoom platformasi orqali ma’ruza qildilar.

Anjuman doirasida tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning amaliy ahamiyati hamda muhokama qilindi.

Ulashish