Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda sport sohasidagi yutuqlarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “2-tashabbus” doirasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo, Jahon va Olimpiada chempionlari hamda xalqaro musobaqalar g‘oliblari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbirda UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov so'zga chiqib, mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar hamda yosh sportchilarimizning yuksak natijalari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, universitet sport klubi raisi o‘rinbosari M.Raximov yosh sportchilarning erishayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etib, ularning xalqaro maydonlarda universitet nomini munosib himoya qilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan yirik xalqaro sport musobaqa — “CAVA College University Volleyball Championship 2025” bahslarida universitetning voleybolchi talaba-qizlari murabbiylari bilan birgalikda faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritganliklari eʼtirof etildi hamda musobaqadagi yuksak natijalari va g‘alabali ishtiroklari uchun jamoa a’zolariga universitet tomonidan 30 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

Uchrashuv davomida Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni H.Fardiyev, Dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni M.Ollaberganova, Armrestling bo‘yicha jahon chempioni O.Shavkatov hamda universitet voleybolchi qizlar terma jamoasi a’zosi Sh.Ro‘zimova o‘z muvaffaqiyatlari, tajribalari va kelgusidagi rejalari bilan tengdoshlariga ilhom bag‘ishlashdi.

Ulashish