Seminarda kafedra professor- oʻqituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdi.
Seminarda kafedra katta o’qituvchisi, PhD Matkarimov Safarboyning “Tarjima tashvishlari” mavzusidagi hamda 2-kurs magistrant Ibadullayeva Mehri Bahodirovnaning “Badiiy obrazlar hissiyotlarini ifodalashda stilistik vositalar (fransuz va o'zbek nasri misolida)” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Har ikkila maʼruza mavzusida tarjimashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va chog'ishtirma tilshunoslikning dolzarb muammolarini tahlil qilinishi ta’kidlandi. Maʼruzachilarga ilmiy izlanishlarini yanada kengaytirish va maqola shaklida e’lon qilish tavsiya etildi.