Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliy ta'limdan keyingi ta'lim (doktorantura) imtihonlari o’tkazildi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026-o‘quv yili uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim — tayanch doktorantura (PhD) imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilgi qabulda 33 ta ixtisoslik bo‘yicha ajratilgan 57 ta o‘rin (shundan 1 nafari maqsadli) uchun 183 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning barchasi yuqori malaka bosqichiga kirish yo‘lida o‘z bilim va salohiyatini namoyish etishdi. 

Qayd etish lozimki, imtihonlarda ko‘zi ojiz fuqarolar ham PQ-407-sonli qaror asosida teng imkoniyatlar yaratilgan holda ishtirok etishmoqda: 6 nafar ko‘zi nuqsoni bo‘lgan talabgordan 4 nafari og‘zaki, 2 nafari esa yozma shaklni tanlab, o‘zlari uchun qulay formatda bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Jarayonlar universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov boshchiligidagi komissiya tomonidan adolat, shaffoflik va belgilangan tartib asosida olib borildi. Imtihonlarning ochiqligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens nazorat” tizimi xodimlari tomonidan ham muntazam monitoring amalga oshirildi. 

Shuningdek, jarayon to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib, kuzatuv kamerasi orqali imtihonlarni real vaqt rejimida tomosha qilish imkoniyati yaratildi: http://live.urdu.uz

Ulashish