Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



URDUDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI


Bugun, 20-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Uchrashuvda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov, shuningdek, oliygoh rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyozov talabalar bilan muloqot olib borishdi.

Tadbir avvalida monitor orqali yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik, shuningdek, universitetga biriktirilgan profilaktika inspektorlari faoliyati haqida tayyorlangan ijtimoiy va ma’rifiy videoroliklar namoyish etildi.

Rektor S.Xodjaniyozov uchrashuvni ochiq berib, yig‘ilishning maqsad va vazifalarini ishtirokchilarga yetkazdi. Shundan so‘ng polkovnik A.Shermuxamedov bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, viloyatda yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida so'z yuritdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida Urganch davla universiteti talabalarining erishayotgan yutuqlari sanab o'tildi. Tadbirda talabalar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da joriy yilning 11–17 noyabr kunlari Voleybol bo'yicha o'tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan universitet voleybolchi qizlar jamoalari, ularning murabbiylari hamda ota-onalari Xorazm viloyati IIB tomonidan munosib taqdirlandi.

Shuningdek, har jabhada faolligi, tashabbuskorligi va o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarib kelayotgani uchun bir guruh talaba-yoshlarga Tashakkurnoma topshirildi.

Ulashish