Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Fizika-matematika fakultetida “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening bo‘lib o‘tdi


Bugun, 21-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Fizika-matematika fakulteti tashabbusi bilan Xorazm viloyatining yetakchi tashkilot rahbarlari va tadbirkorlari ishtirokida talabalar uchun “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirning bosh maqsadi — yoshlarni zamonaviy bozor talablari, biznes yuritish madaniyati, innovatsion fikrlash va shaxsiy rivojlanish tamoyillariga yanada yaqinlashtirishdan iborat.

Tadbirni fakultet dekani J.Xujamov olib bordi. Unda “Shovot Temir Beton” xususiy korxonasi rahbari A.Yormetov — ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, jamoa boshqaruvi va tadbirkorlikda qat’iyatning o‘rni; V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm bo‘linmasi rahbari A.Atamuratov  — ilm-fan va biznes integratsiyasi, matematik tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri; Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Xorazm viloyati filiali mas’ul xodimi M.Iskandarova — boshqaruv kompetensiyalari, davlat boshqaruvida yoshlarning o‘rni hamda tashabbuskorlik madaniyati; “Yangiarik Education Centre” rahbari U.Gummiyev — ta’limdagi innovatsiyalar, muvaffaqiyatli loyiha yaratish va maqsadli rejalashtirish; Xorazm viloyat MMTB Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i G.Jumanova — pedagog kadrlar tayyorlashning yangi yondashuvlari va kasbiy rivojlanishning ahamiyati; Karaul bank xizmatlari markazi Chakana biznes bo‘limi boshlig‘i G.O‘razbayev – moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ulashish