Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ijod va ma’rifat sari: taniqli adiblar UrDUda


Bugun, 24-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimizning taniqli ijodkorlari — yozuvchi, dramaturg va jurnalist Shahodat Isaxonova, shuningdek adiba, olima, publitsist va pedagog Hulkar Hamroyeva Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida mehmon bo‘lib turishibdi.

Tashrif davomida universitet rektori v.v.b Sardor Xodjaniyazov boshchiligida oliygoh rahbariyati bilan mehmon ijodkorlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar bilan samimiy suhbat chog’ida ushbu loyihaning bugungi kundagi dolzarbligi haqida, adabiyot, badiiy ijod, kitobxonlikni yoshlar hayotidagi oʻrni, talabalar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida muloqot qilindi.

Muloqot yakunida oliygohning esdalik sovg’alari taqdim etildi.

 

Ulashish