Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda san’at sohiblari bilan unutilmas uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun, 24-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artistlari G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshchonovlar, shuningdek, O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori Odilbek Sabirov va ansambl jamoasi bilan ijodiy muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ansambl jamoasi o‘zining rang-barang konsert dasturi bilan mehmonlarga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi. Soz va suhbat uyg‘unligida kechgan bunday jarayon talabalarda milliy musiqa merosiga bo‘lgan qiziqish, hurmat va e’tiborni yanada oshirdi.

Shu bilan birga, Filologiya va san'at fakulteti “San'at” kafedrasi dotsenti Botir Raximovning yangi asari — “Sozparvar yurt hamnafas hofizlari” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur asar yurtimizning hofizlik an’analari, sozandalar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, yosh avlod uchun bebaho ma’naviy manba sifatida xizmat qiladi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni ijodkorlikka, badiiy tafakkurga yo‘naltirib, milliy san’atimizning yuksalishiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi.

Ulashish