Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU talabalari xalqaro matematika olimpiadasi g'oliblari bo'lishdi


2025-yil 26-noyabr – 30-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida talabalar o'rtasida  "RUDN МАТН OLYMP" xalqaro matematika olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Unda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Matematik tahlil kafedrasi oʻqituvchisi Islombek Ismailov rahbarligida 4 nafar talabadan iborat jamoasi faol ishtirok etib, jami 4 ta medalni qo'lga kiritishdi. Xususan, individual tarzda 1 ta Oltin, 1 ta Kumush, 2 ta Bronza medallarga sazovor bo'lishdi.

Zukko talabalarimiz bilan tanishing: 

Anvarbek Masharipov – Fizika-matematika fakulteti 4-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi — 1-darajali diplom, Oltin medal sohibi;

Sherzodbek Saidov – Fizika-matematika fakulteti 3-kurs amaliy matematika ta'lim yo‘nalishi talabasi — 2-darajali diplom, Kumush medal sohibi;

Hojiakbar Sobirov Fizika-matematika fakulteti 3-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi — 3-darajali diplom, Bronza medal sohibi;

Muslima Davronbekova  Fizika-matematika fakulteti 3-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi — 3-darajali diplom, Bronza medal sohibasi.

Ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan talabalarimiz va ularning ustozlarini, qolaversa, Urganch davlat universiteti jamoasini qizgʻin muborakbod etamiz. Yutuqlarimiz bardavom boʻlsin!

Ulashish