Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


2-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev tomonidan dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlarga O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 207-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, talaba-yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ulashish