Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Konstitutsiyaviy islohotlar va milliy rivojlanish” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi


Bugun, 4-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Huquq kafedrasi tashabbusi bilan “Konstitutsiyaviy islohotlar va milliy rivojlanish” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori, professor I. Abdullayevning “O‘zbekistonda ta’lim tizimi islohotlarining huquqiy asosi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan boshlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toshkent davlat yuridik universiteti professori N.Rajabov, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i katta inspektori, adliya maslahatchisi T.Shamakov hamda Urganch shahar sudi sudyalari  “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”, “Huquqiy xizmatlar bozori: aholining huquqiy madaniyatini oshirishda adliyaning roli” hamda “Konstitutsiya – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asosi” kabi mavzulardagi ma'ruzalari bilan chiqish qilishdi.  Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni, inson huquqlari va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish borasidagi yondashuvlar haqida batafsil fikrlar bildirildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” olimpiadasi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Ulashish