Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Koreyaning Chungwoon universiteti hamkorlik o‘rnatildi


2025-yil 4–5 dekabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi Forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro maydon ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni almashish va yangi istiqbolli loyihalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Forumda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetidan rektor v.v.b. S.Xodjaniyazov hamda universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida rektor v.v.b. S.Xodjaniyazov UrDUning ilmiy salohiyati, xalqaro loyihalardagi ishtiroki, akademik dasturlar va global hamkorlik strategiyasi haqida taqdimot qilindi. 

Eng e’tiborlisi, forum davomida Urganch davlat universiteti bilan Koreyaning Chungwoon universiteti o‘rtasida akademik mobillik bo‘yicha shartnoma imzolandi. Ushbu kelishuv talaba va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvini jadallashtiradi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yangi ilmiy tashabbuslarni amalga oshirishga keng imkoniyat yaratadi.

Ulashish