Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talaba-yoshlari turli vazn toifalarida faol ishtirok etib, kumush va bronza medallarni qo'lga kiritishdi
Joriy yilning 6-13-aprel kunlari Chirchiq shahrida Og'ir atletika sport turi bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasida "O'zbekiston chempionati" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talaba-yoshlari turli vazn toifalarida faol ishtirok etib, kumush va bronza medallarni qo'lga kiritishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra:
2-o'rin: Salayeva Barchinoy — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi (87 kg vazn toifasida);
2-o'rin: Yusupov Masharif — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi (109 kg vazn toifasida);
3-o'rin: Ro'zimov Izzat — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi (89 kg vazn toifasida).