Seminarda kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Seminarda kafedra oʻqituvchisi Matyoqubova Ozoda Masharipovna fransuz tilidagi gap tarkibli frazeologizmlarning ko‘p qatlamli semantik tuzilishi, ularning kontekstga bog‘liq holda turli ma’nolarda namoyon bo‘lishi hamda nutqiy-pragmatik vazifalari xususida ma’ruzaqildi. Frazeologik birliklarning til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqligi alohida e’tiborga olindi.
Mazkur ilmiy-nazariy seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, seminar yakunida mavzu yuzasidan amaliy va nazariy ahamiyatga ega fikrlar bildirildi.