Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet oʻqituvchilari tomonidan maktablarda toʻgarak mashgʻulotlari olib borilmoqda


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga biriktirilgan umumta’lim maktablari bilan hamkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Bugun, 27-yanvar kuni Xiva shahridagi 56-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi F.Iskandarov tomonidan ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot “Save the Earth” (Yer sayyorasini asraylik) mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, shuningdek, ingliz tilida erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Dars jarayonida o‘quvchilar atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi fikr va tashabbuslarini ingliz tilida bayon etib, turli interaktiv savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.

Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganilib, ularning kelajakda kim bo‘lish istagi, tanlamoqchi bo‘lgan kasblari haqida ingliz tilida suhbat olib borildi.

Mazkur dars mashg‘uloti o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, ularning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi. 

Ulashish