Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami nishonlandi


Bugun, 7-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. 
Bayram tadbirini universitet rektori v.v.b. D.Ibadullayev ochib berib, jamoaning barcha ayol va qizlarini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir doirasida ayollarga hurmat va ehtirom ramzi sifatida konsert dasturi namoyish etildi. O’zbekiston xalq hofizi, San’at kafedrasi professori O.Matchanov, ushbu kafedra o’qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi U.Bobojonov, Respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi, dirijor I.Karimov rahbarligidagi “Jayxun” orkestr jamoasining ijrolari barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.  Shuningdek, Xorijiy filologiya fakulteti QVZ jamoasining ko’ngilochar chiqishlari namoyish etildi.  

Ulashish