Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova fakultetlar jamoasi bilan ilk uchrashuvini Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlaridan boshladi.
Uchrashuv davomida rektor professor-o’qituvchilarning ilm sohasida doimo qo’llab quvvatlashga tayyorligini bildirdi, ayniqsa dissertatsiyalar himoyasida sharoitlar yaratilishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash jarayonlarida doimo qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. O’z faoliyati davomida talabalarni xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalarga tayyorlaydigan professor-o’qituvchilar rektor tomonidan har tomonlama rag’batlantirilishga tayyorligini aytib o’tdi. Ustoz-shogirdlik an’analari asosida bakalavr va magistr talabalar bilan muntazam ish olib borish masalalari xususida to’xtaldi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, iqtidorli talabalar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, IT sohasi va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga iqtidorli talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari, mavjud muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.


.jpg)
.jpg)

