Close
Skip to main content


“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ga tantanali start berildi


Bugun Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari mas’ullari, shuningdek, talaba-yoshlari Urganch davlat universiteti studiyasidan turib, faol ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, tadbir doirasida aprel-may oylari oliy taʼlim muassasalarida “Sogʻlomlashtirish va sport” oyligi etib belgilandi.  “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida 7 ta sport turi: Basketbol, Voleybol, Gandbol, Yengil atletika, Stol tennis, Suzish hamda Futbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilishi belgilab olindi. 

Mazkur sport musobaqalari doirasida Urganch davlat universitetida talabalar o‘rtasida sportning basketbol, voleybol, gandbol hamda futbol turlari bo‘yicha bellashuvlar o'tkazildi.

Ulashish