Close
Skip to main content


“Yosh notiqlar” minbarida Amir Temur siymosi ulug‘landi


Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlandi. Unda iqtidorli talaba-yoshlar o‘z notiqlik mahorati, nutq madaniyati va tarixiy bilimlarini namoyon etib, so‘z san’atining nozik jihatlarini yuksak saviyada ifoda etdilar.

Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati, harbiy san’atdagi beqiyos mahorati hamda milliy davlatchiligimiz tarixidagi o‘rni haqida fikrlar bildirdilar.

Tanlov davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning nutq ravonligi, fikrni aniq va ta’sirchan yetkazish qobiliyati, sahnadagi o‘zini tutishi kabi mezonlar asosida baholandi. Yakunda faol ishtirok etgan talabalar munosib taqdirlandi.

Ulashish