Close
Skip to main content


O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi UrDU talabalari bilan muloqot qildi


Urganch davlat universitetida O‘zbekiston jurnalistika sohasining yetuk vakillaridan biri, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi — Shuhrat Oripov talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv “Media haftalik” doirasida tashkil etilib, unda viloyatimizning bir guruh taniqli jurnalist va ijodkorlari ham faol ishtirok etdi.

Muloqot davomida Shuhrat Oripov tomonidan Jurnalistlar uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, turli tanlovlar, yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda zamonaviy media makondagi dolzarb masalalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga jurnalistika sohasida muvaffaqiyat qozonish uchun doimiy izlanish, keng kitobxonlik va xorijiy tillarni puxta egallash zarurligi alohida ta’kidlandi. Universitetda faoliyat yuritayotgan “Men ham jurnalist bo'laman” to‘garagini yanada rivojlantirib, klub darajasiga olib chiqish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Ulashish