O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida har yili mart oyida o‘tkazilishi belgilangan “Oliygoh kubogi” tanlovi Urganch davlat universitetida ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Tanlovning ochilish marosimida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor H.Matyoqubov hamda mutasaddi mas’ullar ishtirok etib, mazkur musobaqaning mazmun-mohiyati, ahamiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Ta’kidlanganidek, tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarning ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni zamonaviy texnologiyalar va startap loyihalar yaratishga rag‘batlantirish, shuningdek, ularni respublika hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlashdan iborat.
Tanlovning dastlabki bosqichi 9-aprel kuni Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik hamda 3D modellashtirish yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy sinovlar orqali namoyon etdilar.
Bugun esa musobaqalar Robototexnika va Dron texnologiyalari yo‘nalishlarida davom ettirilishi rejalashtirilgan.

.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)