Bugun Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan “Yengil sanoatda barqaror rivojlanish: innovatsiyalar va yangi yondoshuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o’z ishini boshladi.
Anjuman avvalida universitet rektori Feruza Madraximova so‘zga chiqib, mazkur ilmiy-amaliy anjumanning bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan yengil sanoat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va imkoniyatlarni alohida e’tirof etdi.
Mazkur anjumanda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, jumladan, Buxoro davlat texnika universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan davlat texnika universiteti, Jizzax politexnika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidan olimlar, mutaxassislar hamda tadqiqotchilar ishtirok etib, yengil sanoat tarmog‘ini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Anjuman fakultet professori M.Jumaniyazov moderatorligida olib borildi.
Konferensiyaning yalpi majlisida soha mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Xususan, to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida ilmiy izlanishlar, ekologik xavfsizlik, ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish borasidagi masalalar keng yoritildi.

.jpg)


.jpg)
.jpg)
