Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Filologiya va san’at fakultetining Rang tasvir (dastgohli) hamda Amaliy san’at (badiiy kulolchilik) yo‘nalishlariga qarashli kulolchilik va rassomchilik ustaxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida mavjud sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Rektor tomonidan ushbu yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish, ijodiy muhitni mustahkamlash, talabalarga zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ustaxonalarni qo‘shimcha zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Shu bilan birga, universitetda tasviriy san’at asarlarini keng targ‘ib etish maqsadida Rang tasvir va amaliy san'at galereyasini tashkil etish hamda har oyning so'nggi Juma kunida professor-o'qituvchilar va talabalarning ijodiy ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirildi.
Shuningdek, ustaxonalarda mashg‘ulot olib borayotgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini tingladi. Bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


.jpg)

