17-aprel kuni Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning fakultetlar kesimida olib borilayotgan navbatdagi uchrashuvi Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi bilan tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida fakultet dekani Zohid Jumaniyozov tomonidan fakultet faoliyatiga oid batafsil hisobot taqdim etildi. Unda ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot davomida rektor tomonidan kafedralar kesimida ilmiy salohiyat holati tahlil qilinib, professor-o‘qituvchilarning dissertatsiya ishlari himoya qilish jarayonlarida har doim qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirildi. Ilmni ta’lim bilan birga olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, fakultetda mavjud xalqaro loyihlar, tashkil etilgan chet tili to’garaklari, talabalarning xalqaro olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki, darslik va o’quv qo’llanmalar chop etilishi holati, ustoz-shogird an’analarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.




.jpg)

