Close
Skip to main content


Rektor talabalar bilan ochiq osmon ostida muloqot qildi


Bugun kechki payt Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Talabalar turar joyida yashovchi yoshlar bilan ochiq osmon ostida, qahva ustida samimiy muloqot o‘tkazdi.

Ochiq va iliq ruhda kechgan uchrashuv davomida rektor yoshlar bilan hayotiy tajribalar, ilm olish, maqsad qoʻyish, maqsad tomon intilish, o‘z ustida doimiy ishlash va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida fikr almashdi. Ayniqsa, o‘zi mutolaa qilgan kitoblardan keltirgan iqtiboslari uchrashuvga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.

Muloqot davomida inson doimo oldiga aniq maqsad qo‘yib yashashi, harakatdan hech qachon to‘xtamasligi, muntazam kitob o‘qishi, xorijiy tillarni o‘rganishi hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ochiq va samimiy suhbatda faol ishtirok etdilar.

Ulashish