Close
Skip to main content


Filologiya fanlari doktori, professor Zaribbay Do'simov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilmoqda


Bugun Urganch davlat universitetida Filologiya va san’at fakultet tashabbusi bilan Filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Zaribbay Doʻsimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “O'zbek tilshunosligining nazariy va amaliy masalalari hamda innovatsion izlanishlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.

Konferensiyada respublikaning turli OTMlaridan taniqli olimlar, Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari, ustozning yaqin kasbdoshlari va shogirdlari ishtirok etmoqda.
 
Nufuzli ilmiy anjumanni universitet rektori Feruza Madrahimova kirish so‘zi bilan ochib berib, ilm-fan va ta’lim sohasidagi samarali faoliyati haqida alohida to‘xtaldi va yubiley munosabati bilan samimiy tilaklar bildirdi.

Tabrik so‘zlarida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev chiqish qilib, viloyat hokimining professor Zaribbay Do‘simov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan yo‘llangan tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda ustoz olimning o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti, ilmiy maktab yaratish hamda milliy ilm-fan rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi yuksak e’tirof etildi.

Konferensiyada Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori, filologiya fanlari doktori Ma'rufjon Yuldashev, O'zR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov, Namangan davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nosirjon Uluqov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Shamshetdin Abdinazimov singari qator olimlar so’zga chiqib, ustoz olimning o‘zbek tilshunosligi rivojiga qo'shgan samarali va sermahsul ijodiy faoliyati, yaratgan monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma hamda ilmiy-ommabop asarlari milliy tilshunoslikning dolzarb masalalarini teran ilmiy tahlil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.
Ayni paytda konferensiyaning ma'ruzalari davom etmoqda. Unda professor Zaribbay Doʻsimovning boy ilmiy merosi, ayniqsa o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligi yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari, yosh olimlarni ilm-fanga yo‘naltirishdagi ustozlik faoliyati hamda milliy til taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Mazkur nufuzli ilmiy anjuman professor Zaribbay Doʻsimovning serqirra ilmiy faoliyati va boy merosini yana bir bor yod etish, tilshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda ilmiy tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ulashish