Close
Skip to main content


UrDUDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYALARI HIMOYASI BOSHLANDI


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoya jarayonlari boshlandi. 3-4 iyun kunlari himoyalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilmoqda:

70230104– Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti
70610202 – Axborot xavfsizligi
70310301 – Psixologiya
70230101 – Lingvistika: o‘zbek tili

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha jami 67 nafar magistrant ikki yil davomida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan o‘z magistrlik dissertatsiyalarini maxsus komissiya a’zolari oldida himoya qilishmoqda.
 
Ma’lumot o‘rnida,  joriy yilda Urganch davlat universitetini 48 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 391 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. Himoya jarayonlari esa belgilangan grafik asosida iyun oyi oxiriga qadar davom etadi.
 
Barcha bitiruvchi magistrantlarimizga himoya jarayonlarida muvaffaqiyat tilaymiz!