Close
Skip to main content


Talabalar amaliyot orqali kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda


Urganch davlat universiteti talabalari ishlab chiqarish korxonalarida malakaviy amaliyot o‘tash orqali nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitmoqda.

Bugun universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘.Raximov hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Ollaberganov tomonidan Urganch tumanida joylashgan “Tillo Damar” xususiy korxonasi hamda Xorazm innovatsion texnoparkida amaliyot o‘tayotgan Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetining Kimyo hamda Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining amaliyot jarayonlari o‘rganildi.

Tashrif davomida talabalarning malakaviy amaliyotni tashkil etish holati, ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishtiroki, kasbiy ko‘nikmalarni egallash darajasi hamda amaliyot bazalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Qayd etilganidek, amaliyot jarayonlari talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.