Close
Skip to main content


"Eko-zakovat" xalqaro musobaqasi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ’ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to’g’risidagi 2026-yil 25-martdagi PQ-110-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026 – yilning 6-10-iyun kunlari Samarqand shahrida “Eko-zakovat” xalqaro musobaqasi o’tkazildi.

         Musobaqada O’zbekiston, Qirgiziston, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon davlatlari oliy ta’lim tashkilotlaridagi ekologiya va atrof-muhit yo’nalishida tahsil olayotgan talabalardan tuzilgan 6 ta ishtirokchi va 1 ta kuzatuvchidan iborat jamaolar ishtirok etdi.

         Dastlab, O’zbekiston Respublikasining turli hududlaridan kelgan 14 ta Oliy ta’lim tashkilotining “eko-zakovat” klublari ishtirokida ichki musobaqa tashkil etildi. Musobaqada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti nomidan “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining 2 ta magistr talabasi va 4 ta bakalavr talabasi ishtirok etishdi. Kuzatuvchi sifatida kafedra dotsenti Matkarimov Nizomjon Baxtiyorovich ishtirok etdi.

         Musobaqa davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi “Eng shijoatli jamoa” nominatsiyasida g’olib chiqib, faxriy yoqliq bilan taqdirlanishdi.