Close
Skip to main content


UrDU Ma’naviyat va ma’rifat kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 4-majlisi universitet rektori Feruza Madrahimova hamda kengash a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Majlis avvalida rektor tomonidan universitetda tarbiyaviy-ma’naviy jarayonlari samaradorligini oshirish, Odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi. Majlis davomida profilaktika inspektorlari faoliyati ham atroflicha muhokama qilinib, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig’ilish davomida universitet birinchi prorektori Sherali Allaberganov tomonidan tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish, yakunlangan o’quv yili davomidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Shundan so‘ng, kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan hisobot va taqdimotlar tinglandi.