Close
Skip to main content


UrDUda yangi Sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi


Bugun "Agrobank" ATB Biznes va raqamli mahsulotlar majmuasi rahbari Xondamirbek Begmatjonov boshchiligidagi "Agrobank" vakillari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bo‘ldilar.

Tashrif doirasida universitet rektori Feruza Madrahimova hamda bank vakillari o‘rtasida "Agrobank" homiyligida universitetda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yangi 2026–2027-o‘quv yili boshida laboratoriyani foydalanishga topshirish, uni zamonaviy texnologiyalar va zarur texnik jihozlar bilan ta’minlash, shuningdek, laboratoriya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur laboratoriya universitetning yangi barpo etilayotgan Intellektual ilmlar va texnologiyalar fakulteti o‘quv binosi tarkibida tashkil etilayotgan bo'lib, talabalarning sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar yo‘nalishidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy IT muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.