Close
Skip to main content


UrDU “QOVUN SAYLI” FESTIVALIDA 3-O‘RINNI EGALLADI!


7-9 avgust kunlari Xivaning Ichan qal’a majmuasida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali bo'lib o'tdi. Unda Urganch davlat universiteti pavilyonida olimlarning ilmiy izlanishlari va amaliy tadqiqotlari asosida qovunni qayta ishlash orqali yaratilgan 100 dan ortiq turdagi noyob va innovatsion mahsulotlar, ijodiy ishlanmalar hamda turli ko‘rgazma ekspozitsiyalari namoyish etildi.

Mazkun yirik madaniy tadbirning taqdirlash marosimida universitet jamoasining mehnati e’tirof etilib, viloyat hokimligi tomonidan 3-o’ringa munosib topildi va Damas avtomobili sovg’a qilindi.

Ushbu yutuq universitet jamoasining hamjihatligi, faolligi va ijodkorligining munosib e’tirofidir.