Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


Bugun, 24-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab 13 ta yangi Talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi. Mazkur tantanali ochilish marosimi markazlashgan holda, Zoom platformasi orqali tashkil etilib, bir vaqtning o‘zida bir nechta hududlarda o‘tkazildi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham ushbu tarixiy kunda ishtirok etdi. Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy tipda barpo etilgan 5 qavatli, 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Eng muhimi, ushbu yangi maskanning foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida talaba-yoshlarimizga munosib va ajoyib tuhfa bo‘ldi.

Ochilish marosimida universitet rektori Feruza Madrahimova boshchiligida faxriy ustozlar, Universitet Kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda yangi bino qurilishida fidokorona mehnat qilgan quruvchilar ishtirok etdi.

Talabalar uchun yaratilayotgan bu sharoitlar – ularning ta’lim olishi, dam olishi va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘z ichiga oladi.

Urganch davlat universiteti yangi o‘quv yilini yangicha ruhda, yangi yutuqlar bilan boshlamoqda!