Close
Skip to main content


Yangi o’quv yili boshlandi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimni universitet rektori Feruza Madrahimova ochib berib, yangi o‘quv yili ostonasida turgan talabalarni samimiy muborakbod etdi. Rektor o‘z tabrigida talabalik — inson hayotidagi eng unutilmas va mas’uliyatli davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni bilim olishga, izlanishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga va universitet sha’nini munosib himoya qilishga chorladi.

Marosimda universitetning faxriy ustozlari bilan birgalikda O‘zbekiston Qahramoni Anora Maxmudova ishtirok etib, talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladilar. Ular yosh avlodga ta’lim va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlarida yuksak natijalar tiladilar.

Tadbir davomida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari tomonidan “Talabalik qasamyodi” qabul qilindi.

Talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!