Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tmoqda


Bugun Urganch davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yilining dastlabki mashg‘ulotlari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.

Dastlabki mashg‘ulotni universitet rektori Feruza Madrahimova Tarix va huquq fakulteti 1-kurs talabalari bilan olib borib, talaba-yoshlarga Vatanimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning taraqqiyot bosqichlari hamda bugungi kunda erishilayotgan yutuqlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashga, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga chorladi.

“Mustaqillik darslari” universitetning barcha fakultetlarida davom etmoqda.