Close
Skip to main content


Rektor Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi bilan uchrashdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning navbatdagi uchrashuvi Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida fakultet dekani Zohid Jumaniyozov tomonidan 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Yig’ilishda sifatli ta’lim, ilmiy salohiyat, xorijiy professor-o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etish, o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, xalqaro konferensiyalarni yuqori saviyada tashkil etish, dual ta’limni rivojlantirish, talabalar to‘garaklari faoliyatini kuchaytirish hamda davlat stipendiatlari safini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Professor-o‘qituvchilar malakasini xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.