Close
Skip to main content


Rektor Axborot-resurs markazi jamoasi bilan uchrashdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitet Axborot-resurs markazi jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot avvalida Axborot-resurs markazi direktori Dilrabo Tajimurotova tomonidan 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026–2027-o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalarni kutubxonaga keng jalb etish, ularning Axborot-resurs markaziga a’zoligini ta’minlash, mavjud kutubxona fondidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxona fondining bugungi holati, talabalar va professor-o‘qituvchilarning darslik hamda o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, yangi badiiy adabiyotlar bilan fondni boyitish, zamonaviy adabiyotlarni xarid qilish, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Rektor Feruza Madrahimova universitetda ta’lim sifatini oshirishda Axborot-resurs markazining o‘rni muhim ekanini ta’kidlab, kitobxonlar uchun yanada qulay muhitini yaratish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Uchrashuv yakunida xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.