Close
Skip to main content


Ilm bilan erishilgan yutuq


Urganch davlat universitetining Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi olimlari tomonidan Germaniyaning Halle shahridagi Martin Luther universiteti bilan hamkorlikda DAAD tomonidan moliyalashtirilgan “FRAKWA” xalqaro loyihasi muvaffaqiyatli qo'lga kiriltildi.

Bugun universitetimiz olimlari hamda Germaniyaning yetakchi ilmiy muassasalari ishtirokida “FRAKWA” xalqaro loyihasining ilk seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda iqlim o‘zgarishi sharoitida sho‘rlanish, suv tanqisligi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda zamonaviy ilmiy yondashuvlar, xalqaro tajriba va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

“FRAKWA” loyihasi iqlim o‘zgarishi sharoitida sho‘rlanish va suv tanqisligiga moslashish, qishloq xo‘jaligi barqarorligini oshirish hamda zamonaviy ilmiy yechimlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Seminar doirasidagi muloqotlar UrDU olimlari va xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va yangi xalqaro loyihalarni shakllantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.