Close
Skip to main content


Rektor Germaniyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Germaniyaning Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittenberg universiteti Geoekologiya markazi rahbari, prof. Dr. Christopher Conrad hamda uning jamoasi Dr. Michael Zierdt, Dr. Muhammad Usman, Jan Lukas Wenzel va Franz Schulze bilan uchrashdi.

Muloqotda Urganch davlat universiteti va Martin Lyuter universiteti o‘rtasida shakllangan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlarni kengaytirish, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yangi ilmiy imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikkala universitet olimlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “FRAKWA” va “KlimWARN” xalqaro loyihalarining ilmiy-amaliy ahamiyati bo’yicha fikr-mulohazalar almashildi.