Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Vazir o‘rinbosari Xorazmda: iqtidorli talabalar bilan uchrashuv


2020-yilning 23-noyabr kuni Urganch davlat universitetida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʼyicha oʼrinbosari Yusuf Absoatov viloyat oliy ta’lim muassasalarining bir guruh iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvni Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Аbdullayev ochib berdi. 
Uchrashuvda vazir oʼrinbosari bugungi kunda mamlakatimiz yoshlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, fan va taʼlim integratsiyasida yoshlarning tutgan oʼrni masalalari xususida oʼz fikr-mulohazalarini bildirib, yoshlarning maqsad va intilishlari, takliflari bilan qiziqdi.
Yusuf Absoatovning yangi tashabbusi xorazmlik talabalarga juda manzur bo'ldi. "Bugun matematika bo'yicha Qorako'l maktabi birinchi o’rinda, - deydi vazir o'rinbosari. - Lekin Algebraning, algoritmning otasi Muso al-Xorazmiy mana shu zamin - Xorazm farzandi. Balki, Qorako'l maktabining raqobatchisi Xorazmda bo'lishi kerakdir. Ronaldu va Messi o'zaro raqobat qilib, natijada, dunyoning eng zo'rlari bo'ldi-ku, xuddi shu kabi Xorazm va Buxoro matematika maktablari ham o'zaro raqobatlashsa, dunyoning eng zo'r ikki maktabi yurtimizda bo'lishi mumkin. Men shaxsan dunyoning eng kuchli 20 ta universitetiga matematika va ingliz tilidan tayyorlaydigan o'quv dargohi Xorazmda bo'lishi kerak deb o'ylayman. Hamma narsaning zo'ri poytaxtda bo'lishi - bu bizning yutqizig'imiz, kichik fojiamiz. Xorazmda shunday bilim dargohlari tashkil qilishimiz kerakki, poytaxtdan, vodiydan, vohadan, qo'shni respublikalardan kelib o'qishsin. Bunga salohiyat bormi - bor. Bizdan nima yordam kerak bo'lsa, mana, imkon qadar qo'llab-quvvatlaymiz".
Urganch davlat universiteti qoshida matematika fanini ingliz tilida oʼqitadigan oʼquv markazini ochish loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi. Bu iqtidorli yoshlarning dunyoga chiqishiga, Аl- Xorazmiyning munosib vorislari sifatida fanni rivojlantirishiga koʼmak berishi taʼkidlandi. 
Erkin muloqot tarzida oʼtgan tadbirda ishtirok etgan talabalar oʼz taklif va fikr-mklohazalari bilan qatnashib, qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi. Koʼtarinki ruhda oʼtgan uchrashuvda bunday muloqotlarni doimiy davom ettirishga kelishib olindi.

 

Ulashish: