Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti tomonidan o`zbek-turkman Do`stlik uyi va “Ulli hovli” majmuasida media-tur o`tkazildi


2021-yilning 16--piaprel kuni Urganch davlat universiteti tomonidan “Ulli hovli” majmuasi hamda O`zbek-turkman do`stlik uyida "Millatimizga xos diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik"  mavzusida Media-tur o`tkazildi.

Ushbu Media-turda Urganch davlat universitetining rahbariyati boshchiligida professor-o`qituvchilari, 183-Amaliy matematika va informatika yo`nalishi talaba-yoshlari hamda  OAV vakillari ishtirok etdi. 

Media-turga tashrif buyurgan mehmonlarni O'zbek-turkman do'stlik jamiyatining xodimlari kutib olib, tarixiy obida bo`ylab sayohatga boshladi. Sayohat davomida ushbu obidani tarixi, bunyod etilishi bilan bog`liq bir-biridan qiziqarli ma`lumotlar berib bordi.

 

Ikki davlat o`rtasida qo`shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida barpo etilgan «Ulli hovli» majmuasi tarixiy obidalardan biridir. XVII asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mehmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.

 

Hozirda devor bilan o‘ralgan qalʼa o‘tmishga nazar tashlab, ikki xalq madaniyatini o‘rganishni istagan har bir kishi uchun doim ochiqdir. Bu yerda deyarli har kuni o‘zbek va turkman madaniyatiga oid qo‘shiq va raqslar, konsertlar o‘tkaziladi.

Qalʼada siz tuyalar va otlarni minishingiz, hunarmandchilik ustaxonalari va galereyalarni aylanib o‘tishingiz, haqiqiy turkman askarlari bilan selfi qilishingiz va o‘zbek o‘tovlarida ovqatlanishingiz mumkin.

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish: