Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Milliy o'yinlar - salomatlik garovi


2021-yil 23-aprel kuni yoshlar o`rtasida milliy qadriyatlarni rivojlantirish va xalq o`yinlarini an`anaga aylantirish maqsadida Urganch davlat universitetining Sport klubi hamda Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan “Milliy o’yinlar - salomatlik garovi” shiori ostida “Rektor kubogi” uchun musobaqa o`tkazildi. 
Musobaqani UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Musobaqada universitetning professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlari o`zaro “Arqon tortish”,  “Tosh ko’tarish”  va  yugurish bo`yicha bellashdilar.
 
Natijalarga ko`ra, Texnika fakulteti 1-o`rinni , Jismoniy madaniyat fakulteti esa 2-o`rinni egalladilar.
 

Ulashish: