2021-yil 24-may kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat universiteti Mexanika - matematika fakulteti dekani professori Marchuk Igor Vladimirovich hamda O`zbekiston Milliy universiteti dotsenti Farhod Ibragimovlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

Ikki universitet o`rtasidagi ilmiy tadqiqot hamda ta`lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qilingan ushbu tashrif mobaynida universitet talabalari bilan uchrashuv o`tkazdilar. Uchrashuvda universitet rektori Bahrom Abdullayev boshchiligida Fizika-matematika fakulteti professor-o`qituvchilari, fakultet magistrantlari hamda bakalavriatura bosqichi talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda professor Marchuk Igor Vladimirovich Novosibirsk davlat universiteti bilan talaba-yoshlarni tanishtirdi. Jumladan, universitet faoliyati, ichki strukturasi, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, ilmiy salohiyati, professor-o`qituvchilari va talabalar soni, mavjud yo`nalish va mutaxassisliklar bo`yicha taqdimot qilib, talabalarni fizika-matematika sohasi bo`yicha magistratura tahsilini olishga chaqirdi.

Uchrashuv yakunida professor-o`qituvchilar hamda talabalar prof.Marchuk Igor Vladimirovichga o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan yuzlandilar hamda tegishli javoblar oldilar.

Shuningdek, UrDU Fizika-matematika yo`nalishini tamomlab, hozirda Novosibirsk davlat universitetining Funksiyalar nazariyasi mutaxassisligi bo`yicha 2-kurs magistranti bo`lgan Klara Allaberganova o`zi tahsil olayotgan universitet taassurotlarini, yaratilgan sharoitlar hamda ta`lim jarayonlari haqida uchrashuvga yig`ilgan talaba-yoshlarga mamnuniyat bilan gapirib berdi.