Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat universitetining maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn kimyo fan olimpiadasi tashkil qilindi


     Urganch Davlat universitetining maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn kimyo fan olimpiadasi tashkil qilindi. Urganch Davlat universitetining onlayn kimyo fan olimpiadasi maktab o‘quvchilarining 7-,8-, 9-, 10- va 11-sinflari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiada onlayn shaklda kimyourduolimp.wordpress.com saytida olib boriladi. Olimpiadada qatnashuvchi o’quvchilar 15-noyabr 23:59 gacha(Ro‘yxatdan o‘tish 22-noyabr soat 23:59 gacha uzaytirildi. Olimpiada 23-noyabrdan boshlanadi!) sayt orqali ro’yhatdan o’tishi kerak. Har bir maktabdan sinflar bo'yicha o’quvchilar ro’yhatdan o’tishi va olimpiadada qatnashishi mumkin. Olimpiada 3 ta asosiy bosqichdan iborat bo’lib ular: test, masala yechish-1 va masala yechish-2 . Test bosiqichi 4 ta turdan iborat va har bir turdagi test sinovi uchun maksimal 25 balldan belgilangan. Umumiy hisobda Test bosqichida o’quvchi maksimal 100ball (4*25=100ball ) to’plashi mumkin. Test bosqichida 60 ball va undan yuqori ball to’plagan o'quvchilar keyingi masala yechish-1 bosqichiga qatnashadilar. Masala yechish-1 bosqichida o’quvchiga 5 ta masala beriladi. Har bir masalaning to’g’ri javobiga maksimal 20 ball beriladi. Masala yechish-1 bosqichida o’quvchi umumiy hisobda 60 ball va undan yuqori ball to’plagan o'quvchilar keyingi masala yechish-2 bosqichiga o'tadilar. Bu bosqichda olimpiada g'oliblari aniqlanadi.